“INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI RAHBARIYATI ISHTIROKIDA G’AZNOV MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
2024-03-25 17:03:29 260
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbariyati ishtirokida G’aznov mahallasida sayyor qabul o’tkazildi
Ayni kunda tumanimiz hududidagi mahalla fuqarolar yig’inlarida So’x tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutasaddilari ishtirokida ham sayyor qabullar o’tkazilmoqda. G’aznov mahallasida tashkil etilgan navbatdagi qabulda markaz direktori Sayidali Temiraliyev shaxsan ishtirok etdi.
Tashkil etilgan mazkur tadbirda markaz direktori tomonidan G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqarolarga mazkur markazning faoliyat turi va uning vazifalari haqida to’liq ma'lumot berildi. Qabul davomida ijtmoiy xizmat va amaliy ko’mak masalasida fuqarolar ushbu markazga va markaz xodimlariga bemalol murojaat qilishlari mumkinligi ta'kidlandi.
Sayyor qabul mahalla ahli bilan ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, qatnashchilarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-sonli va 2023-yil 10-noyabrdagi 596-sonli qarorlari talablari, nafaqalarni tayinlash, to’lash, rad etish yoki to’lashni davom etish sabablari tushuntirildi.
Qabul davomida 18 nafar fuqarolarning turli mavzulardagi murojaatlari ko’rib chiqildi. Barcha murojaatchilarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram