Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 176 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI TANTANALI QAYD ETILDI

×

 2024-03-23 11:08:07    178

PDF yuklash
Chop etish


Mahalla tizimi xodimlari kuni tantanali qayd etildi

Tumanimizning Soybozor mavzesidagi “Sohil” tantanalar majmuasida mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, mahalla tizimida faoliyat olib borgan nuroniylar va mehnat faxriylari, ayni damda tizimda faoliyat olib borayotgan mahallalar yettiligi ishtirok etdilar.

Tadbirda barcha ishtirokchilarga iftorlik dasturxoni yozildi. Chiroyli duolar bilan boshlangan tadbir haqiqiy tantanaga aylanib ketdi.

Tadbirda so’z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha tizim xodimlarini bayram bilan tabriklab, bugungi kunda mahalla yettiligiga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan yuksak e'tiborni sidqidildan qilgan mehnat bilan oqlash lozimligini ta'kidladi. Tadbirda tuman mahallalaridan kelgan salkam 200 nafar vakillar ishtirok etdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram