Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 177 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QISHLOQ XO’JALIGIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARGA OID OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

×

 2024-03-18 17:03:29    164

PDF yuklash
Chop etish


Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan ishlarga oid ochiq muloqot bo’lib o’tdi

Tumanimizning 1-sektoridagi Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 27-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan ishlarga oid ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Tadbirda ushbu hududda faoliyat olib borayotgan shirkat xo’jaligi mutsaddilari, bog’dorchilik fermerlari rahbarlari, fermer xo’jaliklari mutasaddilari va mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida barcha ishtirokchilarga 1-sektor hududidagi joylashgan bog’ va ekin yer maydonlari holati haqida tayyorlangan tanqidiy lavha namoyish etildi. Tuman hokimi lavha namoyishidan so’ng bevosita har bir mutasaddi rahbar va bog’bonlar, yer va mulk egalari bilan alohida muloqot qildi va kamchiliklardan xulosa chiqarib, ularni isloh etish va bartaraf etish choralarini ko’rish shart va zarurligini qat'iy ta'kidladi.

Tuman hokimi tomonidan hokim o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekov, “Ozod” shirkat xo’jaligi rahbariyati, bog’dorchilik xo’jaliklari mutasaddilari va chorvachilikka ixtisoslashgan xo’jaliklar vakillariga mazkur ayanchli holatlarni isloh qilishga doir qat'iy topshiriq va ko’rsatmalar berdi. Aniqlangan kamchilik va muammolar bartaraf etilmagan taqdirda mutasaddilarga nisbatan hokim o’rinbosari xulosasiga ko’ra qonuniy choralar ko’rilishi ham qayd etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram