Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 162 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HASHAR

×

 2024-03-18 16:57:07    169

PDF yuklash
Chop etish


Hashar

Yurtimizda “Obod va fayzli mahalla — yurt ko’rki” shiori ostida o’tkazilayotgan va davom etayotgan umumxalq xayriya hashari jarayonida So’x tumani aholisi ham faollik ko’rsatishayotir.

Zangat mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Ahrorshox Amirshoyevning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, xalqimiz, ajdodlarimiz xotirasini ulug’lash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish maqsadida muqaddas qadamjolar – ayniqsa, qabristonlarni obod qilishda Zangat mahallasida alohida e'tibor qratiladi. Mahallada ushbu tabarruk maskanni har doim saranjom-sarishta saqlash va ziyorat qilib turishga alohida e'tibor beriladi. Ana shu an'ana hashar kunlari mazkur mahallada davom ettirildi.

 

O’tkazilgan hashar davomida mahalla yoshlari faollik ko’rsatib, qabriston hududida tozalash ishlarini amaga oshirishdi, ularning sa'y-harakati bilan qabriston hududi yovvoyi o’tlardan tozalanib, daraxtlar oqlandi va yo’laklar supirib-sidirildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram