UMUMXALQ HASHARI SO’X TUMANIDA UYUSHQOQLIK BILAN BOSHLANIB, YAKDILLIK BILAN DAVOM ETMOQDA
2024-03-16 17:16:56 117
Umumxalq hashari So’x tumanida uyushqoqlik bilan boshlanib, yakdillik bilan davom etmoqda
Yurtimizda uyushqoqlik bilan davom etayotgan “Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki” obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharida So’x tumani aholisi ham yakdillik bilan ishtirok etishmoqda. Hududlarda barcha fuqarolar birtanu birjon bo’lib, hasharga chiqib, yurt obodligi yo’lida astoydil harakat qilishmoqda.
Ertalabdan boshlangan ezgu ish butun tuman uzra davom etmoqda. Tuman hokimi hasharga chiqgan barcha fuqarolarni, korxona-tashkilot va muassasalar xodimlari va barcha ishchilari bilan suhbatlashib, bu ezgu amallarda barcha bir yoqadan bosh chiqarib, mehnat qilishini qayd etdi.
Tuman hokimligida tashkil etilgan shtab a'zolari joylarda bo’lishib, fuqarolar bilan birgalikda Vatan obodligi yo’lida mehnat qilishayotir. Uch kun davom etadigan umumxalq xayriya hasharida tuman aholisi faol ishtirok etish, yurt tozaligiga hissa qo’shishni o’zlariga shior qilib olishgan.
Ayni damda hasharda tuman hokimligi tomonidan biriktirilgan vakillar ishtirokida mahallalarda tozalik va obodongarchilik ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram