TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2024-03-15 16:18:26 216
Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi
Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi kotibiyati binosida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 85-sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, So’x tuman “Inson” ijtimoiy himoya markazi vakili, O’Zbekiston Respublikasi Xalq-demokratik partiyasi tuman bo’limi boshlig’i va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masudjon Jumayev boshchiligidagi navbatdagi sessiyada qo’yidagi masalalar muhokama etildi:
1. 2023-yilda qabul qilingan yoqilg’i-energiya resurslarni tejash dasturining ijrosi, ijrosi ta'minlanmagan maqsadli ko’rsatgichlarning sabablari va ularning bartaraf etish choralari to’g’risida.
2. O’zbekiston Xalq-demokratik partiyasi So’x tuman deputatlik go’ruhining amaliy harakat dasturiga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215 “Etim bolalar va ota-onalar qaramog’idan mahro’m bo’lgan bolalarni tarbiyalashining tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorni tumanda ijrosi to’g’risida.
Deputat Subhonali Nishonov tomonidan sessiya kun tartibiga tuman markaziy shifoxonasi jonlantirish bo’limi bir guruh shifokorlarini rag’batlantirish yuzasidan qilgan taklif ham ma'qullandi.
Sessiya kun tartibiga qo’yilgan masalalar yuzasidan ma'lumot berilib, sessiya kotibi saylandi va shundan so’ng deputatlar kun tartibidagi masalalarni mahokama etishga kirishdilar.
Kun tartibiga qo’yilgan birinchi masala yuzasidan deputatlar Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masudjon Jumayevning ma'ro’zasini eshitdilar. Masudjon Jumayev masala xususida ishtirokchilarga to’liq ma'lumot yetkazdi.
Ikkinchi masala yuzasidan so’z navbati So’x tuman “Inson” ijtimoiy himoya markazi bo’lim boshlig’i Tolibjon Muyiddinovga berildi. Tolibjon Muyiddinov ma'ro’zasi davomida Prezidentning qaroi asosida tumanda amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumot berdi.
Sessiya davomida deputat Subhonali Nishonov tomonidan bildirilgan taklif ma'qullandi. Ushbu taklif bo’yicha sessiya qarori qabul qilingani va uni ijroga yo’naltirish lozimligi qayd etildi.
Sessiya kun tartibiga qo’ilgan masalalar bo’yicha ishtirokichlar ham o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, sessiya ishiga yakun yasaldi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram