15 MART – XALQARO ISTE'MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH KUNI
2024-03-15 16:16:34 219
15 mart – Xalqaro iste'molchilar huquqlarini himoya qilish kuni
1983 yildan buyon ushbu sana butun dunyoda Xalqaro iste'molchilar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanadi.
1985 yil 9 aprelda BMT Bosh assambleyasi tomonidan iste'molchilar huquqlari muhofazasining asosiy tamoyillari qabul qilingan.
Respublikamizda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Asosiy Qonunimizning 53-moddasida iste'molchilar huquqlari ustunligi printsipi o’z ifodasini topgan. Shuningdek, iste'molchilar haq-huquqlarini ta'minlashda «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi «Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda.
Bugungi sana bilan barcha iste'molchilarni hamda O’zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tuman jamiyati xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram