Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 167 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2024-03-14 16:22:48    251

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Gimnastika markazlarining asosiy vazifalari belgilandi

“Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tabirlari to’g’risida”gi Hukumat qarori (249-son, 17.06.2023 y.) qabul qilindi

Prezident qarori bilan Nukus, Samarqand va Farg’ona shaharlarida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.

Mazkur Gimnastika markazlari ixtisoslashtirilgan davlat sport-ta'lim muassasasi hisoblanib, gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga ega bo’ladi.

Ushbu Gimnastika markazlari o’z faoliyatini 2024/2025 o’quv yilidan boshlaydi.

O’quvchilarning umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1–11-sinf o’quvchilaridan iborat bo’ladi.

Gimnastika markazlarining 1-sinfiga gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida shug’ullangan, yuqori iqtidorga ega va o’qish istagini bildirgan o’quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

O’quvchilar ularga eng yaqin joylashgan maktablarda umumta'lim dasturlari bo’yicha o’qitiladi.

Gimnastika markazlarining o’quv dasturini o’zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o’tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Mazkur diplom berilgan mutaxassislik (trener, trener-seleksioner) bo’yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki ta'limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish huquqini beradi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram