YOSHLAR O’RTASIDA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHDA “MAKTAB, MAHALLA VA OILA “ HAMKORLIGINI TIZIMLI YO’LGA QO’YISH LOZIM!
2024-03-14 16:13:47 314
Yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olishda “Maktab, mahalla va oila “ hamkorligini tizimli yo’lga qo’yish lozim!
Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inidagi 5-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman sektorlari rahbarlari ishtirokida mahallada va tumanda jinoyatchilikka qarshi kurash va uni jilovlash masalasiga bag’ishlangan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda mahalla fuqarlolari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda so’z olgan tuman hokimi tuman miqyosida sodir bo’lgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar haqida ma'lumot berib, ularning kelib chiqishi va oldini olishga qaratilgan harakatlarni tahlil etdi. Shuningdek, mazkur mahallada yuzaga kelgan holatlar ham keng muhokama qilindi.
Tuman hokimi yoshlarni vatanparvarlik ro’hida tarbiyalash, ular orasida jinoyatchilikni oldini olish bo’yicha mustahkam hamkorlik o’rnatish lozimligini alohida ta'kidladi. “Mahalla, maktab va oila” hamkorligini qat'iy yo’lga qo’yish va ayniqsa, ta'lim dargohlarida bu bo’yicha keng targ’ibot-tashviqot ishlarin muntazam olib borish shart va zarurligini ta'kidladi.
Tadbir davomida mahalla ahlini qiynayotgan muamo va kamchiliklar hususida ham fikr yuritildi. Tadbir ishtirokchilari ham mavzu bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini izhor etdilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram