Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUDUDLARDAN DARAKLAR

×

 2024-03-14 16:12:15    174

PDF yuklash
Chop etish


Hududlardan daraklar

So’x tumanining barcha mahallalarida manzarali daraxtlar, ayniqsa, terak daraxti ko’chati va qalamchalari ekish ishlari olib borilayotir. Tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limi mutasaddilari tomonidan Tul kanali qirg’oqlari va Devayron hududidagi So’x daryosi sohillariga terak ekish ishlari olib borilmoqda.

Bog’larni bahorga tayyor etish ishlari ham avjida. So’x tumani “Bo’stoni Jamoliddini buzurg” fermer xo’jaligidagi bahorgi ishlar bajarilishi tuman hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekov tomonidan o’rganildi.

Bahor kelishi bilan mahallalarda obodonlashtirish va tozalik ishlari ham jadallik kasb etadi. 1-sektorning Tul mahallasida ayni kunda mazkur ishlar sur'ati baland.

Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini aholisi ham bahorgi ishlarni mahalla arig’ini tozalashdan boshladilar. Tashkil etilgan hasharda mahallaning yoshlari ayniqsa, faollik ko’rsatib, ishtirok etishdi.

Daraxtlarga shakl berish, ariqlarni tozalash ishlarida mahalla ahli namuna bo’lishayotir. Bu yumushda Tul mahallasi aholisi ayniqsa faol.

“Yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida ko’cha va guzarlarga manzarali daraxtlar ekish ishlari olib borilmoqda. Manzarasi go’zal mahalla yurt ko’rki!

1-sektorning barcha mahalla fuqarolar yig’inlari hududida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Tul mahallasida ko’chalar tozaligini ta'minlash maqsadida shag’allashtirish ishlari olib borilib, xonadonlar oldidagi turli qurilish materiallari va mahalliy o’g’itlar olib ketilmoqda.

Bahorgi yumushlar barakasini tilab, onaxonlar va xotin-qizlar ham harakatda. Ayni kunda har bir mahallada doshqozonlar solinib, sumalak pishirayotgan onaxonlar yurt tinchligini tilab, “Dil ba yoru dast ba kor” maqoliga amal qilib qo’llari har doim duoda.

Sharqobod mahalla fuqarolar yig’ini aholisi uchun ham bugun xursandchilik. So’x daryosidan sug’orish suvi mahallaga yo’naltirildi.

 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram