QURILISH SOHASIDA YO’L QO’YILGAN KAMCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN TADBIR TASHKIL ETILDI
2024-03-11 15:57:43 210
Qurilish sohasida yo’l qo’yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tadbir tashkil etildi
Kuni kecha Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Farg’ona viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo’limlari xodimlari uchun qurilish sohada yo’l qo’yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish hamda kelgusida bu kabi holatlarga yo’l qo’ymaslik yuzasidan o’quv seminari o’tkazildi.
Mazkur o’quv-seminarda So’x tumanidan tuman hokimligi yetakchi mutaxassisi Muhriddin Boybolayev ham ishtirok etdi.
– O’quv-seminar jarayonida qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlar va albatta, yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklar tahlil etildi va har bir soha vakiliga qat'iy topshiriqlar berildi. 2024 yil uchun “Yo’l xaritasi” va aniq rejalar tasdiqlanib, mana shu aniq rejalar asosida endilikda yil davomida ish olib boramiz, - deydi Muhriddin Boybolayev biz bilan suhbatda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram