Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI SO’X TUMANIDA KO’TARINKILIKDA QAYD ETILDI

×

 2024-03-07 17:18:24    230

PDF yuklash
Chop etish


Xalqaro xotin-qizlar kuni So’x tumanida ko’tarinkilikda qayd etildi

So’x tumanida sakkizinchi mart - xalqaro Xotin qizlar kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir barcha ayollar, opa-singillarimiz va mo’nisa qizlarimizni tumanning madaniyat markaziga chorladi.

 

Tadbirda ishtirok etgan barcha xotin-qizlar So’xlik san'at ustalari va hududlardagi san'at g’unchalari tayyorlab kelgan bayramona chiqishlardan bahramand bo’ldilar.

 

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tadbir qatnashchilarini bayram bilan tabrikladi.

 

- So’x ayolllari deganda eng avvalo, bizning ko’z oldimizga mehnatkash, farzand parvarishida doimiy kamarbasta bo’lgan, o’zini va farzandlarini, oilasining sha'nini uylaydigan ayol siymosi gavdalanadi. Sizlarning oila bekasi sifatidagi mavqeingiz barcha ta'rifga loyikdir. Siz azizlarning duolaringiz meni So’x farzandi sifatida yangi marralarni zabt etishga, aziz So’ximizning rivoji va taraqqiyotiga hissa qo’shishdagi faoliyatimga yangi kuch va g’ayrat bag’ishlaydi. Agar biz aziz So’xliklar bilan birtanu birjon bo’lib yagona maqsad sari intilsak, ko’zlangan barcha niyatlarimizga erishamiz, albatta. Biz mo’'tabar So’xlik ayollar, Vatanimizning yuksak mukofotlariga, hamda hukumatimizning e'tirofiga sazovor bo’lgan fidokor onaxonlarimiz nomlarini alohida e'tibor bilan tilga olamiz" - dedi tuman hokimi o’z so’zlari davomida.

 

Shuningdek, xotin-qizlar bayrami arafasida “Eng namunali mahalla raisi” ko’rik-tanlovining Farg’ona viloyati bosqichida yetakchi o’rinni egallagan Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini raisi Bahodirjon Safoyev ham barcha bayram qatnashchilarini tantana bilan tabrikladi.  

Bu yili O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida fa'oliyat olib borayotgan tadbirkor Matluba Vohidova “Do’stlik” ordeni olishga muvaffaq bo’ldi.

 

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi hay'atining qarori asosida Chashma mahallasida yashovchi tadbirkor ayol Ochaxon Mirhisenova “Mo’'tabar ayol” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofot o’z egasiga tuman hokimi tomonidan topshirildi.

 

Shuningdek, 7-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi o’qituvchisi Muhabbatxon Ahmadjonovaga Farg’ona viloyati hokimi faxriy yorlig’i va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

 

Tadbir davomida turli sohalarda faoliyat olib borayotgan va namuna ko’rsatgan xotin-qizlarga tuman hokimligi va tumandagi barcha korxona-tashkilot va muassasalar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg’alari taqdim etildi.

 

Ona qadrini ulug’laydigan yurt farzandlarimiz, biz uchun ona qadri va uning qiymati barcha narsadan ustundir. Sahnada So’x tumani Guliston mahallasidagi kasb-hunar maktabi o’quvchilari o’z qo’shiq va raqslari bilan barcha tadbir ishtirokchilarini tabrikladi.


Tadbir san'atkorlarning ko’y-qo’shiqlari, ishtirokchilarning ajoyib raqslari bilan davom etdi. Tadbir o’yin-kulgu va raqs kechasiga aylanib ketdi.

 

Iste'dodli san'atkorlar tomonidan ayol zotining, ayniqsa onaning muqaddas va buyukligini ifoda etuvchi ko’y va qo’shiqlar yangradi. Zero, Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, ayolni ulug’lash, oilani, hayotni, Vatanni ulug’lash demakdir.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram