QIZILQIYOQ MAHALLASIDA JINOYATCHILIK KO’RSATGICHLARI TAHLIL QILINIB, AHOLI MUAMMOLARI HAM MUROJAATLAR ASOSIDA O’RGANILDI
2024-03-02 15:40:59 536
Qizilqiyoq mahallasida jinoyatchilik ko’rsatgichlari tahlil qilinib, aholi muammolari ham murojaatlar asosida o’rganildi
Bugun Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inidagi 12-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyevlar ishtirokida jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurash mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda mahalla fuqarolari, yoshlar, mahalla mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tuman sektorlar rahbarlarining kelishuviga asosan tashkil etilayotgan bu tadbirlarda tumanda va mahallalarda jinoyatchilik ko’rsatgichi, uning dinamikasi, omillari va kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanmoqda. Shuningdek, ushbu tadbirlar davomida fuqarolarni qiynayotgan muammo va kamchiliklar ham o’rganilmoqda.
Tadbirda so’z olgan tuman hokimi tuman Sayidbahrom Sayidmusayev miqyosida 2023 yilda yuzaga kelgan jinoyatchilik haqida gapirib, ushbu ko’rsatgich Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inida qanday ekanligiga izoh berdi. Tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i, 3-sektor rahbari Qosimjon Rahimberdiyev ham o’z navbatida bu bo’yicha o’z fikrlari va mulohazalarini bayon etdi.
So’ngra, tadbirda ishtirok etgan tuman tashkilot, korxona va muassasalar mutasaddilari mahalla fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaatlarga oid o’z munosbatlarini bildirishdi. Murojaatlar asosini mahallada eng dolzarb masala bo’lgan ichimlik suvi ta'minoti tashkil etgan bo’lsa, mahalla ahli sug’orish suvi muammolari, yo’llar holati, tabiiy gaz ta'minoti, mahallada bankomat o’rnatish va boshqa dolzarb masalalar bo’yicha ham murojaat etdilar.
Tadbirdan so’ng tuman hokimi 12-sonli umuiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilari va pedagogik jamoasi bilan uchrashdi va maktabda xorijiy tillar o’qitilishi jarayonini ko’zdan kechirdi. Eslatib o’tamiz, mazkur maktab hududiga yangi qo’shimcha bino qurilib, kerakli bo’lgan mebellar ham olib kelingan va foydalanish uchun shay holatdla turibti.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram