BILASIZMI?
2024-03-01 15:47:50 645
Bilasizmi?
Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?
Haqorat qilganlik – shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma'muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Xususan, Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 600 ming so’mdan 13 mln 200 ming so’mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.
Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga:
66 mln so’mgacha miqdorda jarima;
240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko’paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali haqorat qilinsa, ushbu harakat to’g’ridan-to’g’ri jinoyat hisoblanadi va aybdor:
66 mln so’mdan 132 mln so’mgacha jarima;
240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.
Agarda haqorat qilish:
jabrlanuvchini o’z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog’liq holda;
xavfli retsidivist tomonidan;
tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo’lsa:
132 mln so’mdan 198 mln so’mgacha miqdorda jarima;
2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram