Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 164 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2024-03-01 15:35:56    573

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi


Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining oltinchi chiqiriq sakson to’rtinchiz sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Shuningdek, mazkur sessiya ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon G’aniyev ham qatnashdi.


Sessiyaga muhokama etish uchun qo’yidagi masalalar qo’yildi:


1. 2024 yilda investitsiya va eksport yunalishlari bo’yicha tumandagi tashkilot va korxonalarning ustuvor vazifalari to’g’risida.

 

2. Mahalla fuqarolar yig’inlarida mavjud “Ayollar daftari”ni toifalari bo’yicha tasdiqlash haqida.

 

3. “Saxovat va ko’mak” jamg’armasiga tushgan mablag’larni tasarruf etish to’g’risida.     

 

Sessiyaga qo’yilgan ushbu masalalarga oid axborotlar tinglandi va bu bo’yicha deputatlar o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

Sesiya kun tartibiga qo’yilgan birinchi masala yuzasidan tuman hokimining  investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari Adhamjon Safarov ma'ro’za qildi va o’z so’zida tumanda masala bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumot berdi.

 

Deputatlarga ikkinchi masala yuzasidan oila va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’limi bosh mutaxassisi Zulxumor Mirzobekova so’zga chiqdi va masala bo’ycha batafsil ma'lumot berdi.

 

Oxirgi masala yuzasidan sessiya ishtirokchilariga tuman hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Rasuljon Mirsaidov ma'lumot berib, mazkur jamg’arma hisobidan moddiy yordam olish ruyixatiga kiritilgan fuqarolar nomlarini o’qib eshittirdi. Mazkur ruyixat deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

 

Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon G’aniyev ham so’z olib, kun tartibiga qo’yilgan masalalarga oid o’z fikr-mulohazalarini izhor etdi. Deputat Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi sessiyalari kun tartibiga qo’yilayotgan masalalar puxta o’ylangan va ijrosi qat'iy ta'minlanishiga yo’naltirilishi lozimligini alohida ta'kidladi.

  

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o’z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo’yilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan sessiya yakunlandi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram