Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 180 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XLIK IKKI NAFAR MUALLIM SOHANING YUKSAK MUKOFOTIGA SAZOVOR BO’LISHDI

×

 2024-03-01 15:29:31    386

PDF yuklash
Chop etish


So’xlik ikki nafar muallim sohaning yuksak mukofotiga sazovor bo’lishdi

Respublikamizda ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor zamirida o’sib kelayotgan barkamol avlod taqdiri va kelajagi mujassam. Muallimlar mehnatini munosib rag’batlantirish yuzasidan qilinayotgan amaliy ishlar esa, soha vakillariga o’zgacha ishtiyoq bag’ishlayotir.

Maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning yaqinda So’x tumaniga qilgan tashrifi chog’ida tumanda olib borilayotgan ishlar, o’qituvchi-pedagoglarning faoliyati, o’quvchilarning bilim darajasi, berilayotgan e'tiborga nisbatan qilinayotgan amaliy ishlar, yaratib berilgan sharoitlardan samarali foydalanish holatlari o’rganilgan edi. Samarali yakunlangan tashrif bugun o’zining ijobiy natijasini berdi.

Maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi vaziri imzosi bilan ikki nafar fidoiy o’qituvchilarimiz – 14-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi direktori Sadriddin Abdurahmonov (Hushyoriy) va 15-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi boshlang’ich sinflar o’qituvchisi Muniraxon Atayeva sohaning yuksak nishonlari bilan taqdirlanishdi.

Ta'lim dargohlarida tashkil etilgan tadbirlarda sohaga berilayotgan e'tibor, o’qituvchilar mehnati munosib rag’batlantirilayotgani so’z olganlar tomonidan alohida ta'kidlandi. So’x tumani hokimi, Farg’ona viloyati maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi boshqarmasi vakillari ishtirok etgan tadbirlarda Sadriddin Abdurahmonovga “Ta'lim fidoiysi” va Muniraxon Atayevaga “O’zbekiston Respublikasi xalq ta'limi a'lochisi” ko’krak nishonlari tantanali tarzda taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram