Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2024-02-27 16:08:27    286

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Iste'molchilarga suv yetkazib berish bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o’tkaziladi

“Ma'muriy islohotlar doirasida suv xo’jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Prezident Farmoni (PF–101-son, 20.06.2023 y.) qabul qilindi

Farmon bilan Suv xo’jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo’nalishlari tasdiqlandi.

2030 yil yakunigacha vazirlikning quyi (tuman) bo’g’inda suv resurslarini boshqarish, fermer xo’jaliklari va boshqa suv iste'molchilariga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasi bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o’tkaziladi.

2023 yil sentyabrgacha barcha tumanlarda suv resurslarini boshqarishni davlat-xususiy sheriklikka o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Farmonga ko’ra, Suv xo’jaligi ob'ektlari xavfsizligini nazorat qilish inspektsiyasi Suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo’jaligi ob'ektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi etib qayta nomlandi.

Inspektsiya 2023 yil 1 avgustdan suvdan foydalanish va suv iste'moli tartibiga rioya etilishi hamda suvni tejaydigan sug’orish texnologiyalaridan samarali foydalanilishi bo’yicha o’tkaziladigan tekshiruvlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro’yxatdan o’tkazmasdan amalga oshiradi.

Inspektsiya yer usti suvlaridan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini hamda suv olish tartibini buzish holatlari bo’yicha ma'muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish, shuningdek, jismoniy shaxslarga nisbatan ma'muriy jazo qo’llashi mumkin.

2025 yil 1 yanvargacha “Raqamli suv xo’jaligi” yagona axborot tizimi yaratilib, suv xo’jaligi bo’yicha barcha dasturiy ta'minotlar mazkur tizimga bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram