AHOLI MUROJAATI TUMAN HOKIMI VA MUTASADDILAR TOMONIDAN MANZILLI O’RGANILDI
2024-02-24 15:58:47 507
Aholi murojaati tuman hokimi va mutasaddilar tomonidan manzilli o’rganildi
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyevlar ishtirokida tumanimizning Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hududida aholidan tushgan murojaatlar yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi. Tuman “Ermulkkadastr” bo’limi vakillari, istiqlol va Navobod mahalla fuqarolar yig’inlari raislari va faollari, tuman davlat avtomobil inspektsiyasi xodimlari bilan mahallada fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaat – Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hududi, ayniqsa, markaziy shifoxona hududida avtomobillar tirbandligini bartaraf etish masalasi tahlil va muhokama qilindi.
Aytish lozimki, haqiqatan ham naqliyot vositalari, ayniqsa, shahar ichidagi odam tashish vositasi – taksilarning ko’pligi bois, shifoxona hududida ko’pincha tirbandlikni yuzaga keltirmoqda va bu aholining haqli e'tiroziga sabab bo’layotir. Mazkur holatni bartaraf etish va muammoni tizimli hal etish bo’yicha takliflar berildi.
Tirbandlikni oldini olishga oid mazkur hududda halqa yo’lini tashkil etish va avtomobillarni bir tomonlama harkatlanishni yo’lga qyio’shga doir takliflar berildi va ushbu takliflar barcha tomonidan ma'qullandi. Buning uchun, shifoxona atrofidagi xonadonlarni (noqonuniy o’zlashtirgan va ko’cha tomonidan hovlisiga kiritilgan yer maydonlarini) aniqlash va ularni tartibga solish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbariyatiga qat'iy ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram