“HUQUQIY AXBOROT KUNI” MUNOSABATI BILAN TA'LIM DARGOHLARIDA INTELLEKTUAL MUSOBAQALAR TASHKIL ETILDI
2024-02-23 16:26:19 521
“Huquqiy axborot kuni” munosabati bilan ta'lim dargohlarida intellektual musobaqalar tashkil etildi
So’x tumani adliya bo’limi va uning tarkibiy bo’linmalari tashabbusi bilan tumanning Guliston mahallasida joylashgan kasb-hunar maktabida “Men huquqni bilaman” mavzusida “Zakovat” intellektual musobaqasi bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarni vatanparvarlik, qonunlarga hurmat va islohotlar samarasini his etish ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
- Mazkur tadbirlar “Huquqiy axborot kuni” munosabati bilan tashkil etildi. Barcha tadbirlar ko’tarinki ruhda va yoshlarning faol ishtirokida bo’lib o’tdi. Bo’lib o’tgan tadbirlar jarayonida bevosita tashkil etilgan bir soatlik darslar davomida ham yoshlar huquqlari bo’yicha viktorinalar o’tkazildi. Faol ishtirok etgan o’quvchilarga adliya bo’limining esdalik sovg’alari ulashildi, - deydi So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri Abdumannon Umriddinov.
Shuningdek, So’x tuman 7-sonli umumyi o’rta ta'lim maktabida ham xuddi shu kabi intellektual uyinlar o’tkazilib, mazkur tadbirlarda ishtirok etgan faol talabalarga kitob va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram