Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI VA SEKTOR RAHBARLARI ISHTIROKIDA SARIKANDA MAHALLASIDA UCHRASHUV O’TKAZILDI

×

 2024-02-23 16:24:41    521

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida Sarikanda mahallasida uchrashuv o’tkazildi


Bugun Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 4-sonli umumta'lim maktabida jinoyatchilikni oldini olish tahlili va aholi muammolarini o’rganish masalasida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rhimberdiyev, tuman prokurori o’rinbosari Olimjon Do’stov va davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyevlar ishtirok etdilar.


Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur tadbirning avvalida tuman hokimi so’nggi yillarda So’x tumanida amalga oshirilayotgan tarixiy ishlar va bo’layotgan o’zgarishlar haqda to’xtalib o’tdi.


Shundan so’ng tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i mahalla ahliga tumanda 2023 yil yakuni bo’yicha jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan ishlar va yuzaga kelgan qonunbuzarliklar haqida ma'lumotlar berdi.


Tadbir davomida mahalla fuqarolari tuman hokimiga o’z muammo va kamchiliklari xususida murojaat etdilar. Tadbirda mahalla ahli asosan dolzarb bo’lgan muammolar – ichki ko’chalarning asfaltlanishi, elektr ta'minotidagi muammolar, ichimlik suvi ta'minotiddagi mushkulotlar va tabiiy gaz ta'minotida yuzga kelgan kamchiliklar xususida murojaat etdilar. Ko’p sohalarda mahallada amaliy ishlar qilingan bo’lsada, hali muammo va kamchiliklar bor ekanligi ma'lum bo’ldi va bu murojaatlar jarayonida ta'kidlab o’tildi.


Masalalar va kamchiliklar xususida murojaat etgan fuqarolarga har bir tashkilot va muassasalar mutasaddilari kerakli ma'lumotlar yetkazishdi. Muammolar yechimi va ularning bartaraf etilishi birgalikda amalga oshirlishi ham tuman hokimi tomonidan alohida qayd etildi.


Mahalla raisi tuman hokimiga mahallaga yangi maktabgacha ta'lim muassasasi qurish va bu orqali bog’cha yoshidagi bolalar qamrovini oshirishga erishilishi borasida murojaat etdi. Shuningdek “Ochiq byudjet” portali orqali maktabdagi sport maydoni o’rniga mini-stadion qurishga loyiha qo’yilgani va mahalla ahlini ovoz berishda fa'ol ishtirok etishga chaqirdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram