“MAKTAB – OTA-ONA – MAHALLA” HAMKORLIGI VA O’ZARO ZANJIRNI MUSTAHKAMLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR IJOBIY SAMARA BERMOQDA
2024-02-23 16:20:08 547
“Maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligi va o’zaro zanjirni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ijobiy samara bermoqda
Aytish lozim, bugun Respublikamizda ta'lim-tarbiya sohasiga berilayotgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Davlatimiz rahbarining Xavfsizlik Kengashi yig’ilishida bergan topshiriqlariga asosan, umumta'lim maktabi o’quvchilarining darslarga qatnashishi, mahalla va ota-onalar bilan muntazam hamkorlikni yo’lga qo’yish borasida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, hamkorlikda samarali natijaga erishayotgan So’x tumani MMTBga qarashli 11-umumta'lim maktabi direktori Habibjon Jo’rayevga pedagogik jamoa o’rtasidagi hamjihatlikni ta'minlash, yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va o’quvchilarning bilim salohiyatini oshirishdagi faoliyati e'tirof etilib, Milliy gvardiya So’x tuman bo’limi qo’riqlash bo’linmasi tomonidan minnatdorchilik bildirilib, “Tashakkurnoma” topshirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram