Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 165 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

So'x tumanida tibbiyot turizmini rivojlantirish yo'llari va salohiyati o'rganildi

×

 2024-02-23 16:18:17    217

PDF yuklash
Chop etish
















So'x tumanida tibbiyot turizmini rivojlantirish yo'llari va salohiyati o'rganildi


So'x tumani viloyatimiz hududida o'ziga xos bo'lgan tuman hisoblanadi. To'rt tomoni Qirg'iziston respublikasi bilan chegaradosh bo'lgan So'xda turizmni rivojlantirish va tumangga ziyoratchilarni jalb etish choralari ko'rilmoqda.

Tumanda tashkil etilgan navbatdagi press-tur aynan mana shu dolzarb mavzuga bag'ishlandi. Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati va tumanda faoliyat olib borayotgan blogerlar ishtirokida tumanda tibbiyot turzimi salohiyatini ko'atrishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

Ayni kunda tumanda tibbiyot sohasiga berilayotgan e'tibor tufayli xususiy shifoxona va klinikalar soni ortmoqda. Bu esa, qo'shni mamlakat fuqarolarini bizning tumanga kelib davolanishlariga imkoniyat eshiklarini ochmoqda.

Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra, Chashma, Zangat, Obishir, So'x, Rovon, Istiqlol, Demursad. Devayron, Oftobru mahallalaridagi klinikalarda qo'shni mamlakat fuqarolari ham davolnishmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, bir oyda qariyb 800 nafar fuqarolar aynan qo'shni mamlakatdan kelib, bizning tuman shifokorlari xizmatidan bahramand bo'lishayotir.

Tashkil etilgan press-tur davomida Chashma, Devayron mahalallaridagi xususiy klinikalar fa'oliyati o'rganildi. Ma'lumot uchun: tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilgan yangi va zamonaviy gemodializ dastgohi xizmatidan qo'shni mamalkat fuqarolari ham foydalanishayotir.

Tadbir jarayonida tumanda tibbiyot turizmi salohiyati kengligi ta'kidlandi. Bu bo'yicha Respublikaning yirik OAV vakillari va keng jamoatchilik ishtirokida kulgusida media-tur tashkil etilishiga kelishib olindi.

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram