Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 157 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVOBOD MAHALLASIDA JINOYATCHILIKNI JILOVLASHGA DOIR OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI

×

 2024-02-17 14:46:31    440

PDF yuklash
Chop etish


Navobod mahallasida jinoyatchilikni jilovlashga doir ochiq muloqot o’tkazildi

2-sektor hududidagi Navobod mahallasida jyolashgan 26-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida jinoyatchilikka qarshi kurash mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, hokim o’rinbosarlari va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda so’z olgan tuman hokimi tadbir qatnashchilariga tuman hududida 2023 yil davomida jinoyatchilikning ko’rsatgichlari haqida gapirdi. Yuzaga kelgan jinoyatchilik va qonun buzilishlarning asosiy negizi bemas'uliyatlik va loqaydlik ekanligini ta'kidlagan tuman hokimi ushbu yo’nalishda mahalla yettiligi qat'iy va mustahkam hamkorlikda ish olib borishlari lozimligini qayd etdi.

Tuman prokurori ham o’z navbatida mahalla hududida amalga oshirilgan ishlar xususida gapirdi. Sektor rahbari sifatida barcha muammolar o’rganilganligi va ularni bartaraf etish bo’yicha 2024 yil uchun “Yo’l xaritasi” tuzilganligini ta'kidladi.

Tadbirda mahalla fuqarolari ham o’z muammo va kamchilikldari xususida tuman hokimiga murojaat etdilar. Tadbir yakunida tuman hokimi va tuman prokurori maktabda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan suhbat o’tkazdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram