JINOYATCHILIK VA QONUNBUZARLIKLAR DINAMIKASI TAHLILI VA MUHOKAMASI O’TKAZILDI
2024-02-16 15:44:04 526
Jinoyatchilik va qonunbuzarliklar dinamikasi tahlili va muhokamasi o’tkazildi
Jinoyatchilikni oldini olishdagi qilingan sa'y-harakatlar o’z samarasini berishi bilan ham ahamiyatlidir. Ayni kunda tasdiqlangan reja asosida tuman mahallalarida o’tkazilayotgan ochiq muloqotlar ayni ushbu dolzarb mavzuga bag’ishlangan.
Istiqlol mahallasida joylashgan tuman madaniyat markazining majlislar zalida Rovon hamda Istiqlol mahallalarining fuqarolari ishtirok etdilar. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va 2-sektor rahbari, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar qatnashgan mazkur uchrashuvda hududdagi holat tahlil va muhokama etildi.
Uchrashuv davomida rahbarlar tomonidan bir jinoyat kelib chiqishining oldini olishda faqatgina ichki ishlar organi inspektorlari emas, balki keng jamoatchilik birgalikda, kelishilgan holda hamjihatlik va mustahkam hamkorlikda harakat qilishlari lozimligi qayd etildi. Tadbir davomida 2023 yilda 2-sektor hududida jinoyatchilik va qonunbuzarliklarning dinamikasi tahlil qilindi.
- Jinoyatni oldini olinishida mustahkam hamkorlik o’z samarasini berishi aniq, chunki har bir ish hamjihatlikda va hamkorlikda qilinadi, - dedi tuman hokimi o’z so’zlarida. Jinoyat sodir etganlarga albatta jazo muqarrar ekanligi tadbirda alohida ta'kidlandi.
Jinoyatchilik tahlili va muhokamasi bilan birgalikda aholi muammo va kamchilkilari ham o’rganildi. Barcha muammo va kamchiliklar o’rganilganligi va uning ijrosi yuzasidan “Yo’l xaritasi” tuzilganligi xususida tuman prokurori o’z fikrlarini izhor etdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram