GRIPP - O’TKIR RESPIRATOR VIRUSLI KASALLIK
2024-02-16 15:41:05 343
GRIPP - O’TKIR RESPIRATOR VIRUSLI KASALLIK
Bolalarda URVK ( gripp, paragripp, adenovirus, rinovirus) bilan bolalar ko’pincha xavoni sovib ketishi bilan bahor, kuz va qish oylarida kasallanadi. Bu kasallikni viruslar chaqirib, keyinchalik bakteriyalar ham qo’shilishi mumkin. URVK bilan bolalar yilda bir marta, immun sistemasi past bolalarda esa yilda bir necha marta kasallanishi kuzatiladi. Kasallik ko’proq 1-5 yoshgacha bo’lgan bolalarda ko’proq uchraydi.
URVK - ma'lum to’rta umumiy belgilar bilan kechadigan kasallikdir.
1. Bu kasalliklarni hammasi yuqumli bo’lib, ularni viruslar chaqiradi.
2. Bolaga kasallik havo – tomchi yo’li bilan yuqadi.
3. Birlamchi kasallikka nafas yo’li a'zolari tomoq, burun, bronxlar va o’pka zararlanadi.
4. URVK – bilan juda tez kasallanadi va uzoq davom etmaydi .
Kasallik tarqatuvchisi kasaldan sog’lom bolaga yo’tal, aksirganda va gapirganda o’tadi.
Kasallikni kechishi:
1. Isitmani ko’tarilishi, darmonsizlik, ishtahasini pasayishi.
2. Burun bitishi, burundan seroz shilliqni oqishi, nafas olishini qiyinlashishi. Ovozini dag’allashishi kuzatiladi.
3. Yo’tal xurujsimon - boshlanishida - quruq, 3-4 kunlarda ho’l, to’sh suyagini orqasidagi og’riq bilan.
URVK ni o’tkir respirator kasallikdan (URK) dan farqi
URKni bakteriyalar chaqiradi.
Unda isitma 38 darajadan yuqori kutarilmaydi,
URVKda birinchi o’rinda burundan shilliq oqishi, tomoq yo’llaridagi ogriq, ho’l yo’tal bilan boshlanadi.
Profilaktika:
1. Epidemiya vaktida bolani odamlar kup yig’iladigan joylardan - magazin, umumiy yo’l transportlarida yurishdan, vaqtincha sport to’garaklarida qatnashishdan, mehmondorchiliklardan saqlash kerkak.
2. Immun sistemasiga e'tibor berish kerak - to’g’ri ovqatlanish va to’g’ri parvarishlashni yulga qo’yish kerak.
3. Xona xavosini tez-tez shamollatib turish. Bolalarga vitaminlarga boy oziq- ovqatlarni berish maqsadga muvofiqdir.
DAVOLASh:
1. Juda ko’p suyuqliklar ichirish, organizmni suv yo’qotishini oldini oladi, yo’talni namlaydi va toksinlarni tez ajralib chiqishiga yordam beradi. Vitaminlar va mikroelementlarga boy mevali qaynatmalar berish maqsadga muvvofiq. Katta yoshdagi bolalarga minerall suvini ichirish kerak bo’ladi.
2. Isitma tushuruvchi dorilar - berish maqsadga muvofiqdir.
3. Antigistamin preparatlarini berish - URVKda burun bitishini kamaytiradi.
Virusli kasalliklarni davolash uchun kompleks dorilar – “Antigrippin” bolalar uchun - tarkibida kerakli komponentlar bo’lib, bolalarni qabul qilishi uchun yoqimli va mazzalidir.
Virusga qarshi preparatlarni (rimantadin) bolalarga berish mumkin emas, chunki undan bolaga foydadan ko’ra zarari ko’proq bo’ladi. Yoki aspirin – isitmasini tushirish maqsadida berish mumkin emas, chunki u tomir devorlarini o’tkazuvchanligini susaytiradi.
Virusli kasalliklarni antibiotiklar bilan davolash vrach maslahatisiz mumkin emas. Antibiotik bakteriyalarni o’ldiradi, virusni emas.
Faqatgina virusli kasallikka ikkilamchi bakterial asorati ko’shilsagina (pnevmoniya, otit, meningit, entsefalit, gaymorit, piyelonefrit) va boshqalar pediatr maslahati bilan antibiotiklar berish mumkin.
So’x tumani tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari bolalaringizni to’lik tekshirishdan o’tkazib, kerakli bo’lgan muolajalarni qilib, foydali maslahatni beradilar.
M. Sherov - So’x tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Salomatlik markazi” shifokori
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram