Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2024-02-15 16:14:28    293

PDF yuklash
Chop etish


Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi


So’x tumani hokimligi majlislar zalida oltinchi chaqiriq xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 83-sessiyasi bo’lib o’tdi.


Unda tumandagi sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Sessiya kun tartibiga qo’yidagi masalalar qo’yildi:


1. Tuman hokimining 2024-yilda tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va doimiy daromad manbaiga ega qilish, shuningdek belgilangan barcha makro-iqtisodiy ko’rsatgichlarni ortig’i bilan ta'minlash bo’yicha tuzilgan rejalarning taqdimoti.

2. Tumanda qonunchilik holati va jinoyatchilikga qarshi kurash borasida prokuratura organlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni va 2024 yilda sohada ko’riladigan chora-tadbirlar bo’yicha tuman prokurorining axboroti.

 

3. Tuman mahalliy byudjetini 2024 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag’larini yo’naltirish, tashabbusli byudjet jarayonlarini o’tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida.

4. 3-sektor rohbari Q.Rahimberdiyev va 4-sektor rohbari F.To’raboyevlarni 2023-yilda o’z hududlarida amalga oshirilgan ishlari to’g’risida hisobotlari.

 

5. Huquqiy tasdiqlovchi hujjatlari to’liq bo’lmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan yerlar va ushbu yerlardan foydalanish holatini o’rganish natijalari to’g’risida.   

Ushbu sessiya kundaligiga kiritilgan 5-ta masala yuzasidan mutasaddilar axboroti va hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan muhokama etildi.

 

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimining birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyevlar so’zga chiqib, masala yuzasidan sessiya ishtirokchilarga axborot berishdi va 2024 yildagi rejalar xususida yetarli ma'lumotlar yetkazishdi.

 

Sessiya ishtirokchilari kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovning ma'ro’zasini tinglashdi. Tuman prokurori sessiya ishtirokchilariga 2023 yil yakunlari bo’yicha to’liq ma'lumotlar yetkazdi.

 

Tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i, 3-sektor rahbari Qosimjon Rahimberdiyev va tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i, 4-sektor rahbari Faridjon To’raboyevlar o’z hududlarida 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar xususida axborot berishdi va 2024 yili rejalarni ham taqdim etishdi.

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr Agentligi So’x tumani bo’limi boshlig’i Ravshanjon Nozirov sessiya ishtirokchilariga sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan axborot berdi.

 

Kun tartibiga qo’yilgan maslalar muhokamasidan so’ng Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi yakunlandi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram