TUMAN MARKAZI HAR DOIM TOZA VA OZODA BO’LISHI LOZIM!
2024-02-15 16:05:38 250
Tuman markazi har doim toza va ozoda bo’lishi lozim!
So’x tumani davlat soliq inspektsiyasida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning tuman markazida faoliyat tolib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashvi bo’lib o’tdi. Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur uchrashuvda asosan tuman markazi tozaligi va ozodaligi, markazda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning ushbu dolzarb masalaga bo’lgan munosabati muhokama etildi.
Tadbir davomida tuman hokimi tomonidan tuman markazida, asosan tadbirkorlik sub'ektlari va savdo do’konlari hududida tadbirkorlarning beparvoligi tufayli turli xildagi axlatlar to’planganligi, chiqindilarni olishda mas'uliyatsizlikka yo’l qo’yilayoganligi tanqid qildindi. Tadbir ishtirokchilariga markazdagi holatlar yuzasidan tayyorlangan videolavha ham namoyish etildi.
Tuman markazini doimo toza va ozoda tutish lozimligi, to’plangan maishiy chiqindilar va axlatlarni olib tashlanishida tizimli ishlar olib borilishi bo’yicha takliflar berildi. Tuman markazidagi holatlarni yaxshilash maqsadida umuxalq hashari tashkil etish taklifi berildi.
Mahalla hududida faoliyati yo’lga qo’yilgan “Camelot” o’quv markazida olib borilayotgan ishlar ham tahlil qilindi. Mazkur markaz rahbariga tuman hokimi tomonidan qo’lga qiritayotgan muvaffaqiyatlari uchun minnatdorchilik bildirildi.
Tadbir davomida tuman markazida jamoat hojatxonasi tashkil etish taklifi qo’llab-quvvatlandi. Mazkur ishlar tadbirkorlar tomonidan qisman moliyalashtirilishi ham tadbir ishtirokchilari tomonidan qayd etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram