FUQAROLAR QABULI – XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT
2024-02-13 15:36:14 246
Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti So’x tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev fuqarolarning navbatdagi qabulini o’tkazdi. Tadbirda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha birinchi o’rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i Ilhomjon Tojiboyev hamda boshqa tashkilot va muassasadlar rahbarlari ham ishtirok etdilar.
Tuman hokimi, hokim o’rinbosarlari hamda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etgan qabul jarayonida har bir fuqaro murojaati tinglanib, ijrosi nazoratga olindi, murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan esa mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabulda 20 ta murojaatdan 15 tasi ijobiy hal etildi va 5 ta murojaatga huquqiy tushuntirishlar berilib, 1 nafar fuqaroga murojaati bo’yicha moddiy va amaliy yordam ko’rsatildi va ushbu fuqaro murojaati manzilli o’rganish uchun yo’naltirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram