Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 160 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANIMIZ SEKTORLARI KESIMIDAGI TOG’OLDI HUDUDAR RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI TOMONIDAN KO’ZDAN KECHIRILDI

×

 2024-02-13 15:34:27    216

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimiz sektorlari kesimidagi tog’oldi hududar Respublika ishchi guruhi tomonidan ko’zdan kechirildi

Tumanimiz tog’li hudud bo’lganligi bois, issiq havo va iqlim o’zgarishi bilan hududda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli juda yuqori. Shu bois, ushbu holatlarga biz hardoim tayyor bo’lishimiz lozim.

Ushbu yo’nalishda mazkur soha mutasaddidari va mutahasssilari tomonidan muntazam o’rganish ishlari amalga oshiriladi. Tumanimizga tashrif buyurgan favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika ishchi guruhi vakillari ham toshqin suvlari, sel va suv oqimlarini barqaror

va xavfsiz o’tkazib yuborishni ta'minlash bo’yicha sel toshqini va ko’chki xavfi mavjud hududlarni o’rganishdi.

O’rganish jarayonida sel kelishi va suv toshqini yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo’lgan mahalallarda bo’lgan vakillar asosan haqiqiy holtalarni ko’zdan kechirishdi. Tashkil etilgan ehtiyot choralari nazoratdan o’tkazildi va qurilgan sel yo’llari holati ko’zdan kechirildi.

Jumladan,

Demursad mahalla fuqarorlar yig’ini xududida joylashgan Kasmidon yangi sel yulida bajarilgan ishlar ko’zdan kechirildi va mazkur sel yo’lida barcha belgilangan ishlar amalga oshirilganligi aniqlandi. Sel yulining uzunligi 3 345 metr bo’lib, qazish va tashish ishlari olib borilgan, beton ishlari to’lik bajarilgan (2 990 m3 beton), 2 dona dinov yullari berilgan bo’lib qurilish ishlari to’lik 100 foiz bajarilganligi aniqlandi.

Devayron mahalla fuqarolar yig’ini Umbara qishlog’ida qishloq axolisini sel toshqinlardan himoya qilish maqsadida Umbara sel yulini ta'mirlash taklifi berildi.

Navobod mahalla fuqarolar yig’ini Malbut kishlog’i xududidagi Malbut sel yullarini ta'mirlash va qirg’oqlarni mustahkamlash buyicha 2024 yil uchun dasturga kiritilgan bo’lib xozirgi kunda mazkur loyiha smeta xujatlarini tayorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig’inlari xududidagi ko’priklar ishchi guruh tomonidan o’rganilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligidan biriktirilgan vakil tomonidan ularning holatini hududlar va aholi harakatlanishi uchun moslashtirishga oid topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram