KONSTITUTSIYANI O’RGANAMIZ
2024-02-03 15:40:56 786
Konstitutsiyani o’rganamiz
Konstitutsiyamizning 17-moddasida
“O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub'ektidir.
O’zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi”, deb belgilangan.
Mazkur moddada O’zbekiston boshqa davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro munosabatlarda teng huquqli sub'ekt ekanligi mustahkamlangan.
Shuningdek, tashqi siyosatda O’zbekistonning asosiy prinsiplari belgilangan.
Davlatlarning hududiy yaxlitligi davlat va uning suverenitetining muhim sharti, xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan biridir. Kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish natijasida biror-bir davlat hududi yoki uning bir qismini egallab olinishi tan olinmaydi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram