Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2024-02-03 15:40:10    828

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Savol: Chorvachilik xo’jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo’y va echkilar uchun subsidiya oluvchiga qanday talablar belgilangan?

 

Javob: Chorvachilik xo’jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo’y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to’g’risidagi nizomda subsidiya oluvchiga qo’yiladigan talablar belgilangan:

- Go’sht va sut yo’nalishidagi xo’jaliklarga xorijiy davlatlardan import qilinadigan nasldor qoramollarning bo’g’ozlik muddati 6 oygacha bo’lishi, tirik vazni 450 kilogrammdan va tug’ish vaqtida kutilayotgan yoshi 30 oydan ko’p bo’lmasligi hamda urug’lantirgan nasldor buqa to’g’risida qo’shimcha ma'lumotlar mavjud bo’lishi lozim.

- Xorijiy davlatlardan import qilinadigan nasldor qo’y va echkilar quyidagi talablarga mos kelishi shart:

tana tuzilishi — mustahkamligi;

nasldor qo’y va echkilar yoshi 6 oylikdan kam bo’lmasligi.

- Subsidiya oluvchi xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo’y va echkilarni kamida 2 avlod olgungacha saqlashi shart.


F. Boboyev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram