YOSHLIKDA OLINGAN BILIM TOSHGA O’YILGAN NAQSH KABIDIR
2024-02-03 15:26:44 900
Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir
Bu davrda bilmaganini bilishga intilmagan kishi vaqt o’tgach afsuslanadi. Keyingi pushaymon yoki harakat besamardir. Shunday ekan ta'lim xodimlari va ota-onalarning mas'uliyatini oshirish, o’quvchilar davomatini doimiy nazorat qilish zarur. Bugun o’quvchi-yoshlar faqat o’qishi va kasb-hunar egallashi shart.
Bugun, Sarikanda mahallasida joylashgan 4-sonli maktabda mahalla raisi va yoshlar yetakchisi bilan “Davomat-reyd” tadbiri o’tkazildi. Shuningdek, sinflarning issiqlik holati tekshirildi.
Hozirda maktabda 843 nafar o’g’il-qiz ta'lim-tarbiya oladi. Ularning tartib-intizomi, bilim saviyasi va odob-axloqini jamoatchilik yordamida nazorat qilsh samara beradi. O’quvchilarni darsga jalb etishda “Davomati eng yaxshi sinf” va “Davomati eng yaxshi o’quvchi” kabi tanlovlarni tashkil etilishi, har dushanba kuni g’olib o’quvchilar mahalla fuqarolar yig’ini orqali taqdirlanishi bo’yicha kelishib olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram