Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAKTAB VA MAHALLA HAMKORLIGI HUDUDLARDA QANDAY AMALGA OSHIRILMOQDA?

×

 2024-02-03 14:56:43    408

PDF yuklash
Chop etish


Maktab va mahalla hamkorligi hududlarda qanday amalga oshirilmoqda?


Aytish lozimki, ta'lim va tarbiya sifatini oshirishda maktab, mahalla va oila hamkorligi asosiy o’rin egallaydi. Rovon mahallasida joylashgan 1-sonli umumta'lim maktabida bo’lgan Rovon hamda Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inlarining raislari va yoshlar yetakchilari maktab ma'muriyati bilan uchrashib, ta'lim muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan qiziqdilar.

 

Maktab o’quvchilari bilan tashkil etilgan davra suhbatda dars-mashg’ulotlardan qolmaslik, darsga kech qolib kelmaslik, o’qituvchilarga nisbatan hurmatda bo’lish, ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor samarasidan oqilona foydalanish lozimligi va bugungi o’quvchilar Vatan keljagi ekanliklarini aslo unutmasliklari xususida gapirildi. Tadbir jarayonida muassasaning issiqlik tizimi, dars mashg’ulotlarning olib borilishi hamda o’quvchilarning davomatlari o’rganildi.

 

Maktab direktori va direktor o’rinbosari bilan muntazam dars qoldiruvchi talabalar to’g’risida so’hbatlashib ularning ro’yxatlari shakllantirildi va bunday o’quvchilar bilan manzilli ishlarni yo’lga qo’yishga kelishib olindi.

 

Yuqori sinf o’quvchilariga 1-yillik harbiy xizmat va "Ibrat farzandlari" loyihasi to’g’risida tushuntirishlar berilib ma'lumotlar yetkazildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram