Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN MUDOFAA ISHLARI BO’LIMIDA TUMAN HOKIMI TASHABBUSI BILAN TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

×

 2024-02-03 14:53:33    267

PDF yuklash
Chop etish


Tuman mudofaa ishlari bo’limida tuman hokimi tashabbusi bilan ta'mirlash ishlari olib boriladi

Bugun ertalab tuman mudofia ishlari bo’limida bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mazkur tizimning barcha xodimlari bilan suhbat qildi va bo’limda yaratib bergan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur bino joriy ta'mirlashga muhtojligi bois, tuman hokimi tashabbusi bilan ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Barcha tizimlar – tuman obodonlashtirish boshqarmasi, gazlashtirish idorasi, tuman elektr ta'minoti korxonasi va boshqa kommunal xizmat ko’rsatuvchi korxonalar rahbarlariga mazkur binodagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ko’rsatmalar berildi. Asosan, elektr ta'minotidagi nosozliklar soha xodimlari tomonidan bartaraf etildi.

Asosan yoshlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish xonalarini ta'mirlash, issiqlik tizimidagi nosizliklarni bartaraf etish, tibbiyot xodimlari va ham chaqiruvdagi yoshlarga zaruriy shart-sharoitlar yaratish, tartibga binoan har bir tibbiy ko’rik o’tkaziladigan xonalarga videokuzatuv dastgohlarini o’rnatish va barcha jihozlar qimmatini aniqlashga doir topshiriqlar berildi. Ayni damda mazkur idorada tozalash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.

Eng asoiysi, tumandagi harbiy qismlarning askar va zobitlari bu ishlarda yaqindan yordam berishayotir. Olib borilayotgan barcha ishlar bevosita tuman hokimining shaxsiy nazorati ostida o’tkazilyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram