SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2024-02-02 16:56:40 234
Savol bering, javob beramiz
Savol: Chorvachilik xujaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo’y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to’g’risida ma'lumot bersangiz
Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 26 yanvardagi “Chorvachilik xujaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo’y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 52-sonli qaroriga asosan 2023 yil 1 sentyabrlan 2025 yilni 31 dekabr kunigacha chorvachilik xujaliklariga davlat tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln so’m, nasldor qo’y va echkining xar bir boshiga 400 ming so’m miqdorida subsidiya ajratilishi tartibi belgilangan.
Bunda subsidiya olish uchun murojaat qilgan chorvachilik xujaliklari tomonidan mazkur Nizom talablari asosida nasldor qoramol va nasldor quy va echkilarni kelib chiqishi hujjatlari( nasldor qoramol va va nasldor quy va echkilarni guvohnomalari) bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror ko’paytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda ruyxatga olingan hayvonlar uchun ajratilishi belgilangan.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram