Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2024-02-02 16:50:14    179

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

“Yosh chegarachilar” klublari tashkil etiladi

Hukumat qarori (261-son 26.06.2023 y) bilan “Yosh chegarachilar” to’g’risida nizom tasdiqlandi

Nizomga ko’ra, chegaraoldi shahar va tumanlardagi maktablarda “Yosh chegarachilar” klublari tashkil etiladi.

Klub maktab direktori tomonidan tasdiqlangan ramziy bayrog’i, vimpeli va shioriga ega bo’ladi.

Klub a'zoligiga maktablarning 9, 10 va 11-sinf o’quvchilari, o’z xohishiga ko’ra, cheklanmagan miqdorda qabul qilinadi.

Klubga qabul qilish uchun a'zolik badali yoki boshqa to’lovlar amalga oshirilishiga yo’l qo’yilmaydi.

Qaror bilan shuningdek, “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini o’tkazish tartibi belgilandi.

Unga ko’ra, “Yosh chegarachilar” klublarining chaqiriqqacha tayyorgarlik yoshidagi (10–11-sinf) a'zolari o’rtasida quyidagi 3 bosqichli musobaqalar o’tkaziladi:

tuman (shahar) bosqichi – mart-aprel oylarida;

viloyat (Qoraqalpog’iston Respublikasi) bosqichi – aprel oyining uchinchi o’n kunligida;

respublika bosqichi – may oyining ikkinchi o’n kunligida.

Musobaqada ishtirok etuvchi jamoa o’quv yilining boshida klubning musobaqa shartlari bo’yicha yuqori natija ko’rsatayotgan 10 nafar a'zosidan (8 nafar o’g’il, 2 nafar qiz) iborat tarkibda tuziladi.

Musobaqaning har bir bosqichida 1, 2 va 3-o’rinni egallagan jamoalar diplom, kubok va sovg’alar bilan mukofotlanadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram