Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 204 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MALBUTLIKLAR BERILAYOTGAN E'TIBORDAN MAMNUN VA MINNATDOR

×

 2024-01-30 11:33:39    213

PDF yuklash
Chop etish


Malbutliklar berilayotgan e'tibordan mamnun va minnatdor

Malbut mahallasi Navobod mahalla fuqarolar yig’ini tarkibiga kiruvchi chekka hudud sanaladi. Biroq, ushbu hudud hargiz e'tibordan chetda qolgan emas.

Yaqinda mahallaga tashrif buyurgan Prezidentimizning davlat maslahatchisi Doniyor Baxtiyorovich Qodirov rahbarligidagi ishchi guruh mahalla ahli bilan uchrashb, mahalladagi 6-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida ham bo’lgan edilar. Albatta, mahalla ahli va maktab pedagogik jamoasi o’z muammolari xususida murojaat ham etgan.

Ayni kunda maktabga olib kelingan zamonaviy mebel jihozlari maktab pedagogik jamoasi tomonidan o’rnatilmoqda. Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Gulnoza Usmonovaning ma'lumotiga ko’ra, bu e'tibordan mahalla ahli juda mamnun va jihozlarni o’rnatishda yaqindan yordam berishayotir.

Mahalla raisi Zayliddin Gadoyboyev boshchiligidagi mahalla mutasaddilari ham fuqarolar yig’inining aholisi bilan har doim muloqotda. Mahalla raisi va yettilik fuqarolarning har bir yumushlarida imkoniyat doirasida ko’mak berishmoqda. Mahalla mutasaddilari bevosita Malbut qishlog’i aholisi bilan ham muntazam aloqani yo’lga qo’yib, amaliy ishlarni birgalikda bajarilishini kelishib olganlar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram