Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 214 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN MARKAZIDAGI ROVON MAHALLASIDA NIMA GAPLAR?

×

 2024-01-30 11:10:03    214

PDF yuklash
Chop etish


Tuman markazidagi Rovon mahallasida nima gaplar?

Ayni kunda Rovon mahallasida joylashgan 3-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida qurilish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlarining sifati bevosita jamoatchilik tomonidan nazoratga olingan.

Mahalla yoshlar yetakchisi Tasvirjon Boboyevning so’zlariga ko’ra, mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotini bugungi kun talablariga javob beruvchi darajada ta'mirlab ushbu muassasaga qatnovchi bolajonlarga kerakli sharoitlarni muhayyo qilish maqsadida ta'mirlash ishlari yil boshidan boshlangan.

Ma'lumot uchun: mazkur muassasa “Openbudget”ning 2023 yil 2-bosqichi g’olibi sanaladi. Mazkur qurilish ishlariga 1 milliard 320 million so’m mabalag’ yo’naltirilgan.

Shuningdek, mahalla hududida joylashgan korxona va tashkilotlarning tozaligi va ozodaligiga e'tibor berish maqsadida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan qat'iy ko’rsatmalar berilgan. Ayni kunda mahalla bilan hamkorlikda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida mahalla xodimlari ishtirokida jamoatchilik nazorati maskanini ta'mirlash ishlari ham olib borildi. Qisqa qilib aytganda, mahallada har bir yumush mahalla yettiligining mustahkam hamkorligi asosida olib borilayotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram