Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI  O’ZGARTIRISHLAR

×

 2024-01-30 10:22:53    233

PDF yuklash
Chop etish


Qonunchilikdagi  o’zgartirishlar

Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning odil sudlovdan foydalanish hamda davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatini kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasining 2024 yil 16 yanvardagi “Davlat boji to’g’risidagi O’zbekistan Respublikasi Qonuniga ma'muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O’RQ-897-sonli Qonuni qabul qilindi.

Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har kimga o’z huquq va erkinliklari sud orqali himoya qilinishi, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishiga oid normasini amalga oshirish maqsadida ma'muriy sudlarga murojaat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, shuningdek davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish zarurati yuzaga kelganligi uchun «Davlat boji to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma'muriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini fuqarolardan oldindan undirmasdan, ushbu bojni ishni ko’rib chiqish natijalariga ko’ra aybdor tarafdan undirish tartibini nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar, shuningdek davlat bojining ko’rsatilgan stavkasi miqdori pasaytirilishini nazarda tutuvchi o’zgartirish kiritilgan.

Mazkur Qonun fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari sud tartibida himoya qilinishini ta'minlashga, ularning odil sudlovdan foydalanish hamda davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma'muriy sudlarga murojaat qilish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Qonun bilan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo’lgan boshqa organlarning, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalar (shikoyatlar) bo’yicha

fuqarolardan  BHMning 70 foizi, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan BHMning 10 baravari miqdorida davlat boji undiririlishi belgilangan.

 

Sh.Abdullayev - Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudi raisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram