RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI MALBUT QISHLOG’I AHOLISI BILAN UCHRASHDI
2024-01-26 14:56:36 250
Respublika ishchi guruhi Malbut qishlog’i aholisi bilan uchrashdi
Malbut qishlog’i tumanimizning Qirg’iziston respublikasi bilan chegaradosh hududi hisoblanadi. Navobod mahalla fuqarolar yig’ini tasarrufida bo’lgan ushbu qishloqda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo’yicha maslahatchisi Doniyor Baxtiyorovich Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh mazkur qishloq aholisi bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog’ida aholini qiynayotgan dolzarb muammolar o’rganildi. Mahalla fuqarolari ham Prezidentimizning davlat maslahatchisiga o’z muammolari yuzasidan murojaat qildilar.
Mahalladagi 6-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi ko’zdan kechirildi va ta'lim dargohi pedagogik jamoasi bilan suhbat qilindi. Maktabning istitish tizimi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va talabalarga qish mavsumida yaratib berilgan sharoitlar o’rganildi.
Malbut qishlog’ini alohida mahalla fuqarolar yig’ini etib tashkil etish, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash, maktab hududida yangi, zamonaviy sport maydonchasi tashkil etish masalalari o’rtaga tashlandi. Mazkur masalalar Respublika doirasida hal etilishi yuzasidan chora-tadbirlar begilanishi qayd etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram