Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 216 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING MASLAHATCHISI SO’X TUMANIDA

×

 2024-01-25 16:19:01    192

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi So’x tumanida

Mahallalarda aholi muammolarni o’rganish va hal etish, bandligini ta'minlash, oilalarni mustahkamlash, ma'naviyat va ma'rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo’nalishlarda olib borilayotgan ishlarni o’rganish bo’yicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi bugun viloyatimizning anklav tumani – So’xda bo’lishdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo’yicha maslahatchisi Doniyor Baxtiyorovich Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mehmonlar tuman hokimi va tuman sektorlari rahbarlari ishtirokida tumanda barpo etilayotgan yangi bino va inshootlar hududlarida bo’lishdi. Tumanning Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida barpo etilayotgan ichki ishlar bo’limi ma'muriy binosining qurilish jarayoni ko’zdan kechirildi.

Tuman hokimligida barcha soha rahbariyati bilan tashkil etilgan davra suhbatda sohalardagi muammo va kamchiliklar o’rganildi. Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Mirzohid Ubaydullayevga aholini qiynayotgan eng dolzarb muammolarini o’rganish va ularni bartaraf etish choralarini ko’rish, bu bo’yicha aniq rejalar va “Yo’l xaritasi”ni tuzishga oid taklif va tavsiyalar berildi.

Ichki ishlar vaziri o’rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi mahallalarda bo’lishib, tashkil etilgan yettilik fa'oliyati bilan tanishdi. Aholini qiynayotgan muammolar, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga doir qilingayotgan amaliy ishlar hududlarda bo’lgan ishchi guruh a'zolari e'tibor markazida bo’ldi.

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan So’xdagi dolzarb bo’lgan muammolar xususida O’zbekiston Respublikasi davlat maslahatchisi Doniyor Baxtiyorovich Qodirovga ma'lumotlar berildi va ushbu muammolarni hal qilish va bartaraf etish uchun zaruriy chora-tadbirlar belgilash alohida ta'kidlandi. Suhbatlar davomida tumanda qurilish sohasi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta'minotiga oid olib borilgan va olib borilayotgan ishlar diqqat markazida bo’ldi.

Prezidentimizning davlat maslahatchisi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilariga hududlardagi yoshlarga biriktirilgan vakillarga amaliy ko’mak ko’rsatish, davlatimiz rahbari tomonidan ushbu yo’nalishda berilgan barcha topshiriq va ko’rsatmalarni bajarishga doir taklif va tasiflar berildi. Ushbu yo’nalishda tizimli ishlarni olib borish va hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi alohida ta'kidlandi.  

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram