Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XODIMLARDAN BILIM, TAJRIBA VA QAT'IYATLILIK TALAB ETILADI

×

 2024-01-22 15:39:47    468

PDF yuklash
Chop etish


Xodimlardan bilim, tajriba va qat'iyatlilik talab etiladi


Majburiy ijro byurosi organlari faqatgina qarzdorliklarni undiribgina qolmay, sud va boshqa vakolatli organlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning ijrosini ta'minlaydi. Qarorlar esa turli shaklda bo’lishi mumkin.


Ko’pincha, nomulkiy tusdagi ijro hujjatlarining ijrosini amalga oshirishda fuqarolar tomonidan qarshilik holatlari va to’sqinliklarga duch kelinadi va albatta, ijro jarayonlari oson kechmaydi. Bir qarashda vazifasi yengildek ko’ringan xodimlarning mas'uliyati anchayin zalvorli ekani mana shunday holatlarda yaqqol ko’rinadi.


Bugun, Majburiy ijro byurosi So’x tuman bo’limi xodimlari tomonidan ham uyga kiritish ijro hujjati bo’yicha majburiy ijro harakatlari olib borildi. Javobgar ogohlantirilgan bo’lsa-da, ixtiyoriy ravishda ijro hujjati talabini bajarmagan. Shu sabab, ijro harakatlari davomida da'vogar M. Musojonova 2 nafar farzandi bilan sud hujjatida belgilangan manzilga kiritib qo’yildi.


Nomulkiy tusdagi ijro hujjatlarini ijro etishda davlat ijrochisidan nafaqat bilim, tajriba va qat'iyatlilik ham talab etiladi. Shundagina, taraflar o’rtasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan ziddiyatlar, ko’ngilsizliklarning oldi olinib, ijro hujjatlarining ijrosi to’liq va sifatli ta'minlanishiga erishiladi.


Muzaffarjon Nurmatov – Majburiy ijro byurosi So’x tuman bo’limi boshlig’i






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram