4-SEKTOR HUDUDIDA “AYOLLAR DAFTARI” GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA KO’RSATILGAN YORDAMLAR RAQAMLARDA
2024-01-20 15:12:31 422
4-sektor hududida “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarga ko’rsatilgan yordamlar raqamlarda
4-sektorda jami “Ayollar daftari”ga kritilgan xotin-qizlar soni 520 nafar. Yil davomida barcha daftardagilarga 100 foiz amaliy ko’mak ko’rsatilgan.
1-toifaga kiritilgan xotin-qizlar soni 381 nafarni tashkil etadi.
2-toifa - tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan ayollar buyicha ayollar soni 27 nafar bo’lib, bu toifadagi ayollarga turli yo’nalishlar bo’yicha kreditlar berilgan.
3, 4, 6-toifalar - boquvchisi bo’lmagan, I va II-guruh xotin-qizlar va qaramog’ida nogiron farzandlari bor xotin-qizlarga “Ayollar jamg’armasi” tomonidan 1 million 200 ming so’mdan bir martalik moddiy yordam ko’rsatildi. Jami berilgan moddiy yordam miqdori 131 million so’mni tashkil etadi. Bu toifalarga kiritilgan xotin-qizlar soni 112 nafar tashkil etadi.
Ijtimoiy yordamga muhtoj, I va II-guruh nogironligi bo’lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar soni 47 nafar bo’lib, sektor kesimida ro’yixatga olingan bu xotin-qizlarga bugungi kunda amaliy yordam berilib, “Ayollar daftari” jamg’armasi hisobidan 52 million so’m mablag’ yo’naltirildi.
Qaramog’ida nogironligi bo’lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar soni 22 nafarni tashkil etadi va bu xotin-qizlarga bugungi kunda “Ayollar daftari” jamg’armasidan 26 million 400 ming so’m mablag’ tuman Xalq banki tomonidan tarqatib berilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram