XOTIN-QIZLAR FAOLLARI HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH MAQSADIDA TADBIR TASHKIL ETILDI
2024-01-19 16:48:40 524
Xotin-qizlar faollari huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tadbir tashkil etildi
So’x tumani hokimligida tumanda faoliyat olib borayotgan mahalla fuqarolar yig’inlari xotin-qizlar faollari ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilish kun tartibidagi asosiy masala 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.
Tadbirda 02.09.2019 yil kungi “Xotin-kizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida” gi 561-sonli hamda 11.04.2023 yil kungi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” gi Qonunlari bo’yicha tushuntirishlar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram