KLASTER VA FERMER XO’JALIKLARI HISOBIDAGI SALKAM 25 KILOMETR ICHKI SUG’ORISH TARMOQLARI BETONLASHTIRILADI
2024-01-17 15:36:58 455
Klaster va fermer xo’jaliklari hisobidagi salkam 25 kilometr ichki sug’orish tarmoqlari betonlashtiriladi
Qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan tumanimizda 2024-qishloq xo’jaligi yiliga tayyorgarlik ishlari soha mutasaddilari tomonidan ayni kunda boshlab yuborilgan. Tumanda faoliyat olib borayotgan shirkat xo’jaliklari va fermerlar ayni kunda hududlardagi mavjud bo’lgan ariqlarni tozalash va ularni betonlashtirish ishlarida bellarini mahkam bog’lashgan.
Ma'lumot uchun: So’x tumani hududida jami bo’lib, 253 kilometr suv ariqlari bo’lib, bu obi hayot manbasidan shirkat xo’jaliklari va fermerlar tasarrufidagi barcha ekin yer maydonlari sug’oriladi. Rejaga muvofiq 2024 yilda 24,5 kilometr masofadagi ariqlar betonlashtiriladi.
Ayni kunda barcha xo’jaliklarda ariqlarni tozalash ishlari olib borilib, bu ishlarda bobodehqonlarga irrigatsiya tizimi vakillari yaqindan yordam berishayotir. Albatta, ayni kunda qilinayotgan ishlar sug’orish davrida mirishkorlarga qo’l keladi.
Farg’ona viloyati So’x tumanida 2023-2024 yillarda klaster va fermer xo’jaliklari hisobidagi ichki sug’orish tarmoqlarini betonlashtirish rejasiga binoan 1-sektor hududidagi 76,5 kilometr bo’lgan ariqlarning 7,7 kilometri, 2-sektordagi 85,2 kilometr bo’lgan ariqlarning 9,2 kilometri, 3-sektor hududidagi jami 42,6 kilometr bo’lgan ariqlarning 4,9 kilometri va 4-sektordagi jami 48,7 kilometr ariqlarning 2,7 kilometri betonlashtiriladi. Albatta, bajarilajak barcha ishlar hayot manbai bo’lgan suvni tejamkorlik bilan sarflashga qaratilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram