QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
2024-01-16 15:28:12 276
Qonunchilikdagi yangiliklar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi ijtimoiy to’lovlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o’tkazildi:
1- Yoshga oid nafaqa;
2- Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi;
3- O’zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo’lgan qonuniy vakiliga nafaqa;
4 -Bolalikdan nogironligi bo’lgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);
5-1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;
6- Kam ta'minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;
7-Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam;
8- Farzand tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”);
9-Dafn qilish uchun nafaqa (“Dafn puli”).
Bunda, ijtimoiy to’lovlar uchun ariza berish, ularni ko’rib chiqish, tayinlash va to’lashning amaldagi taribi saqlab qolingan holda, endilikda fuqarolar mazkur ijtimoiy to’lovlar bilan bog’liq barcha savollariga So’x tuman dagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishlari mumkin ekanligini ma'lum qilamiz.
Sayidali Temiraliyev - So’x tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram