YONG’INDAN ZARAR KO’RGAN XONADONGA AMALIY KO’MAK KO’RSATILDI
2024-01-15 16:17:43 396
Yong’indan zarar ko’rgan xonadonga amaliy ko’mak ko’rsatildi
“Olov - tilsiz yov” degan gap bor xalqimizda. “O’t balosidan asrasin” degan gapning negizida ham katta ma'no va mazmun mujassam.
Kuni kecha Yangiariq mahallasining «Zamin” ko’chasidagi 5-xonadonda yong’in chiqgan. Favqulodda vaziyatlar bo’limi yong’in xavfsizligi bo’limi va mahalla ahlining birdamligida yong’in o’chirildi va uning boshqa qo’shni xonadonga o’tmasligi oldi olindi.
Yong’in oqibatida mazkur oiladagi 3 ta xonadonga zarar yetkazilganligi ma'lum bo’ldi. Tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev boshchiligidagi tezkor shtab a'zolari voqea joyida bo’lishib, yong’in oqibatlarini bartaraf etish choralari ko’rildi. Eng asosiysi, yong’inda oila a'zolari yoki qutqaruvchilarga zarar yetkazilmagan.
Tuman hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Rasuljon Mirsaidovning ma'lumotiga ko’ra, xonadonida yong’in sodir bo’lgan fuqaro Rahimali Mahmatovga aholi tomonidan moddiy yordam ko’rsatilgan. Tuman hokimligi tomonidan shifer mahsuloti, xonadon ustiga lozim bo’lgan barcha mahsulotlar yetkazib berilgan.
Yong’in oqibatlarini bartaraf etish uchun tumandagi korxonalar texnikalari va fuqarolarning shaxsiy avtoulovlari jalb etildi. Tuman hokimligi va saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan mazkur oila a'zolariga xonadonlarni tiklash va qurish uchun kerakli mahsulotlar – pol uchun taxtalar va eshik-romlar ham yetkazib beriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram