KONSTITUTSIYANI O’RGANAMIZ
2024-01-15 16:15:40 375
Konstitutsiyani o’rganamiz
Konstitutsiyamizning 24-moddasida “O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta'minlanadi. Ular O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar”, deb belgilangan.
Mazkur normada xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqarolikka ega bo’lmagan fuqarolarning huquqlari kafolatlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Shunga ko’ra, O’zbekiston xalqaro huquq normalari asosida xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqarolikka ega bo’lmagan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlaydi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram