E'TIBOR
2024-01-15 16:14:45 282
E'tibor
Jazo muddatini o’tab qaytgan fuqarolarga moddiy va ma'naviy ko’mak ko’rsatish, ularni sog’lom hayot kechirishlari uchun ko’maklashish yuzasidan tumanimizda ham arzirli ishlar amalga oshirilmoqda.
So’x tumani hokimligi ijtimoiy ko’nikma komissiyasi kotibi Nishonali Ibrohimovning malumotiga ko’ra, Hushyor mahallasida yashovchi fuqaro Sardorbek Ismatov jazo muddatini o’tab qaytganligi sababli tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy kunikma markaziga 2024 yil 8 yanvar kuni moddiy yordam surab murojaat etgan.
Murojaat yuzasidan tuman hokimining 1-o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev boshchiligida, hokim o’rinbosari Ilhomjon Abdmujidov bilan birgalikda jazo muddatini utab qaytgan fuqroning sharoiti har tomonlama o’rganish maqsadida tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma komissiya a'zolari hamda tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida o’rganlib, fuqaro bilan so’hbat utkazildi.
Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markaziy komissiyasi tomonidan eng kam oylik ish haqining 4.5 barobari ya'ni 1 530 000 so’m miqdorda moddiy yordam puli hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Tuman bandlikka ko’maklashish markazi hamkorligida Ismatov Sardorbek Habibullozodaning bandligini ta'minlash maqsadida tuman kambag’alikni qisqartirish va bandlik bo’limiga yo’llanma berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram