Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUNOSABAT

×

 2024-01-15 16:13:29    294

PDF yuklash
Chop etish


Munosabat

Habibjon Olimov - “Sohibkor ” mahalla fuqarolar yig’ini raisi:

— Tuman konferentsiyasi qizg’in muloqot maydoniga aylandi. Prezident farmon qarori mohiyati tushuntirildi, ma'naviyat sohasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Qayd etish kerak, 2024 yildan soliq inspektori mahallada ish boshlaydi. Ular tadbirkorlarga soliq xizmatlarini ko’rsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla byudjetining daromadini shakllantirishga mas'ul bo’ladi. Ochig’i, shu vaqtgacha ham o’zaro kelishuv asosida soliq yig’ishda ko’maklashardik. Biroq bu harakat ishimizga, faoliyatimizga ta'sir ko’rsatardi. Endilikda mahallada bu ish bilan alohida bir xodimning shug’ullanishi bizga qulaylik yaratadi.

Konferentsiyada Prezident raisligida ma'naviyat sohasiga oid o’tkazilgan yig’ilish mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi. Ma'naviyat boshqa sohalardan o’n qadam oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak. Yig’ilishda bildirilgan taklif asosida mahalladagi 4 ta sektorga qo’shimcha ravishda ma'naviyat sektori tashkil etilishida ham ramziy ma'no bor. Endilikda ma'naviyat sektori ish boshlashi, ular joylardagi Ma'naviyat va ma'rifat kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida faoliyat ko’rsatishi bu borada mahalla bosh islohotchiga aylanishini bildiradi.

Konferentsiyada nafaqat o’zimiz, balki “mahalla yettiligi”ning har bir vakili zimmasiga yuklatilgan vazifalar bilan yaqindan tanishdik. Shu ma'noda Konferentsiyada ishtirok etish bizga ikki hissa samarali bo’ldi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram